RASMIY MUNOSABAT
2026-05-18 15:00:00 / Yangiliklar

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi holatni joyiga chiqib o‘rgandi va quyidagilarni ma’lum qiladi:
-
Hech kim jabrlanmagan: Voqea sodir bo‘lgan vaqtda kuchli shamol sababli attraksion ishlamayotgan bo‘lgan, shu bois hech kim jabrlanmagan va tan jarohati olmagan.
-
Texnik holati: “BOLAJON ATTRAKSION” MChJga qarashli ushbu attraksion barcha xavfsizlik talablariga javob beradi. Xususan, 2026-yil 16-aprelda metall konstruksiyasi va elektr uskunalari sinovdan o‘tkazilib, foydalanish uchun ruxsatnoma olingan hamda xodimlari xavfsiz ish yuritish bo‘yicha o‘qitilgan.
Vazirlar Mahkamasining 886-son qarori bilan tasdiqlangan “Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamenti”ga muvofiq, Qo‘mita barcha attraksion egalaridan kuchli shamol, yomg‘ir va boshqa noqulay ob-havo sharoitlarida attraksionlardan foydalanishni darhol to‘xtatishni hamda fuqarolardan xavfsizlik qoidalariga rioya etishni so‘raydi.
📲 Agar attraksion QR-kodli stiker bilan ta’minlanmagan yoki uning texnik holatidan shubhalansangiz, Qo‘mitaning “attraksion_nazorati” elektron platformasi yoki ☎️ 71 203-02-39 ishonch telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin.
🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati

