Konstitutsiya sahifasi

Konstitutsiya, qonun va qonunosti hujjatlari normalariga sharh berish amaliyoti mamlakatimizda keng uchramasligiga e'tibor qaratilib, bu ko'p jihatdan normativ-huquqiy hujjatlarga sharh berish uslubiyoti ishlab chiqilmaganligi bilan bog'liq, deb hisoblanadi. Shu sababdan Konstitutsiya, qonun va qonunosti hujjatlari normalariga sharh berish uslubiyotini ishlab chiqish bo'yicha mas'ul tashkilotlarga tavsiyalar berildi.

Alohida jinoyatlar, birinchi navbatda firibgarlik bo'yicha jazoni yengilrog'i bilan almashtirishda sudlanuvchi tomonidan jabrlanuvchiga yetkazilgan zararning qoplanilganligini inobatga olish talabini kiritish orqali jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararning o'rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratish qayd etildi.
“Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!”





Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!
Bayram tadbiri
Bugun ,7 -dekabr kun Poytaxtimizdagi “Ishga marhamat” monomarkazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan “Konstitutsiya kelajagimiz poydevori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbirida Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va uning tuzilmalari vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda taniqli ijodkorlar ishtirok etdi.

Bayram munosabati bilan ish faoliyatida ko‘rsatgan fidoyi xizmatlari, jamoadagi namunali xulqi va intizomi uchun bir guruh xodimlar rag‘batlantirildi.

Eng avvalo, yangilangan Konstitutsiyamiz 128 moddadan 155 moddaga oshirilib, mutlaqo takomillashtirilgani alohida qayd etib o‘tildi.
So‘nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarning mustahkamlanishida Konstitutsiyaning o‘rni va roli katta ekanligi ta’kidlandi.

Taqdimot materiali orqali “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan hayotiy shiorning mohiyati hamda ahamiyati, Bosh Qonunimiz asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganligi ochib berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli vatandoshlar!
Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Poytaxtimizdagi “Ishga marhamat” monomarkazida vazirlikning 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan “Konstitutsiya kelajagimiz poydevori” nomli tadbir
