Gender tenglik
Bandlik vazirligi jamoasi “Xon-atlas” chellenjida
#xоn_atlas_2025
Milliy qadriyatlarga muhabbat – yuksak maʼnaviyat timsoli
Mamlakatimizda anʼanaga aylanayotgan “Xon-atlas” festivali har yili koʻtarinki ruhda nishonlanmoqda.
Mazkur festivalning asosiy maqsadi – milliy liboslarimiz, yurtimizga xos matolar va ular orqali boy tarixiy va madaniy merosimizni asrab-avaylash, yosh avlod qalbida oʻzligimizga hurmat va iftixor tuygʻusini kuchaytirishdan iborat.
Shu munosabat bilan sentyabr oyi davomida yurtimizdagi barcha korxona va tashkilotlarda “Xon-atlas” oyligi keng nishonlandi.
Mazkur chellenjda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining xotin-qizlar jamoasi ham faol ishtirok etdi.
2025 yil 30-sentabr
---------------------------------------------------------------
2025-yil 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)ning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida “Qishloq xo‘jaligi siyosatida gender tengligi – barqaror qishloq rivojlanishining asosi” mavzusida yuqori darajadagi milliy muloqot o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari R.Turdiboyeva ishtirok etdi va “Milliy dasturlar va idoralararo muvofiqlashtirish orqali qishloq ayollarini ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida ma’ruza qildi.


Shuningdek, tadbir doirasida O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida ilk bor tasdiqlangan 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan Gender strategiyasi taqdimoti, Qishloq xo‘jaligi vazirligining mazkur Strategiyani amalga oshirish doirasida idoralararo va xalqaro hamkorlik memorandumlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda turli vazirliklar, xalqaro tashkilotlar, senatorlar, olimlar, tadqiqotchilar, fermerlar va talabalar ishtiroki etdi.
27.06.2025
--------------------------------------------------
Joriy yilning 11 - 12-iyun kunlari, Ozarbayjon Respublikasi Boku shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) aʼzo mamlakatlarning oila masalalari va ijtimoiy siyosat uchun vakolatli vazirlari va muassasalari rahbarlarining ikkinchi yigʻilishida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari R. Turdiboyeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda R.Turdiboyeva oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri ekanligini taʼkidladi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan yigʻilish davomida oila institutini muhofaza qilish tashabbuslarini ilgari surish, xotin-qizlarning turli sohalardagi huquq va imkoniyatlarini kengaytirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tajriba almashish masalalarida hamkorlik taklif etildi.
Mazkur masalalar ekspertlar tomonidan ishlanib, TDTga aʼzo mamlakatlarning oila masalalari va ijtimoiy siyosat uchun vakolatli vazirlari va muassasalari rahbarlarining ikkinchi yigʻilishi yakuni boʻyicha Komyunike imzolandi.


Tadbir doirasida qator uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, Ozarbayjon Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi huzuridagi Davlat mehnat inspeksiyasi xizmatining departament va boʻlinma mutaxassilari ishtirokida uchrashuvda Davlat mehnat inspeksiyasi xizmatining EMAS raqamli platformasida ish yuritishi boʻyicha tajriba almashildi.

EMAS - mehnat va bandlik sohasini raqamlashtirishga yoʻnaltirilgan yagona elektron platforma boʻlib, unda barcha asosiy ishtirokchilar: ish beruvchilar, ishchilar, davlat organlari va xizmat koʻrsatuvchi markazlar integratsiya qilingan.
12.06.2025
--------------------------------------------------
-Munosib mehnat tamoyillarini tatbiq etish bo‘yicha yo‘riqnoma
Toshkentda Turkiyzabon davlatlari ayollar jamoat tashkilotlarining xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tdi
Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva "Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda davlat va jamoat tashkilotlarining ijtimoiy hamkorligi" mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.


Ma'lumot uchun: Bugungi kunda vazirlik tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish bo‘yicha O‘zbekiston ayollar va qizlar uyushmasi bilan yaqin hamkorlik o‘rnatmoqda. "Kasana.uz" platformasi orqali aholi orasida kasanachilik faoliyatini keng targ‘ib qilish" loyihasi ana shu hamkorlikning samarasi bo'ladi.
28.05.2025
--------------------------------------------------
Toshkent shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi va BMTning Bolalar jamgʻarmasi – YUNIСEF hamkorligida “Majburiyatdan harakatga: bolalarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish boʻyicha strategiya va milliy istiqbollar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davlat idoralari rahbarlari, sud-huquq tizimi, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalari vakillari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, yoshlar hamda Markaziy Osiyodagi xorijiy davlatlar elchilari ishtirok etgan mazkur tadbirda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva ham o'z ma'ruzasi bilan qatnashib, bolalarning huquq-erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, ularning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatimizning asosiy majburiyatlaridan biri ekanligini ta'kidladi.

Konferentsiya doirasida bolalarni himoya qilishga qaratilgan ko‘p tarmoqli strategiya va milliy harakatlar rejasining taqdimoti, bolalar huquqlarini targ‘ib qiluvchi “Haqqim bor” nomli qisqa metrajli film namoyishi hamda “Bogota harakatlar chaqirig‘i” doirasida Milliy Majburiyatlar e’lon qilindi. Bu Majburiyat O‘zbekiston tomonidan so‘nggi ikki yil ichida bolalarni himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan qator muhim huquqiy va institutsional islohotlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. “Bolalarni har qanday zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning kuchga kirgani ham bu yo'lda muhim qadam bo'ldi.


Mazkur tadbir O‘zbekistonning bolalarni himoya qilish yo‘nalishidagi qat’iy siyosiy irodasini namoyon etish, amaliy choralarni belgilash hamda xalqaro tajriba almashish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.
28.05.2025
--------------------------------------------------

Uning ochilish marosimida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva ham ishtirok etdi.


27.05.2025
--------------------------------------------------
“Mening oilam – mening faxrim!”
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Xalqaro oila kuni munosabati bilan shu mavzuda madaniy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizovning oila-a'zolari – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tojibar Azizova, o‘g‘li – xonanda Aziz Azizov, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning qizi Nozima Yusuf hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mas'ul kotibi – shoir Muhiddin Abdusamad ishtirok etib, yig'ilganlarga oilaning muqaddasligi, farovon va baxtli yashash umrning mazmuni ekanligi haqida hayotiy xotiralarni so'zlab berishdi.

San'at va she'riyat vakillarining diltortar kuy-qo'shiqlari va ijod namunalari tadbirga ko'tarinki ruh bag'ishladi.
15.05.2025
--------------------------------------------------
Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi moliyaviy ko‘magida Mehnat kodeksiga sharh tayyorlanmoqda
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida mazkur loyiha doirasida Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Ish beruvchilar konfederatsiyasi, Oliy taʼlim muassasalari vakillari, blogerlar hamda mehnat sohasi ekspertlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Taʼkidlanganidek, Mehnat kodeksiga sharh tayyorlash loyihasining asosiy maqsadi – aholining huquqiy madaniyatini oshirish, xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash, Mehnat kodeksi normalarini talqin qilishdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish hamda xodim va ish beruvchilar oʻrtasidagi nizolarni kamaytirishdir.
Mehnat kodeksiga sharh tayyorlash jarayoniga nafaqat ekspertlar, balki ish beruvchi va xodimlarni ham jalb qilish muhimligi qayd etildi. Bunday yondashuv mazkur loyihani sifatli va manfaatlar muvozanatini saqlagan holda amalga oshirish uchun samarali mexanizmlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Seminar ishtirokchilari loyiha doirasida ishlab chiqilgan "Mehnat kodeksiga sharhlar tayyorlash metodologiyasi" mavzusidagi taqdimot bilan ham yaqindan tanishdi.
Muloqot yakunida Mehnat kodeksiga sharhlarni ishlab chiquvchi mualliflar tarkibiga kiritish uchun nomzodlar ro‘yxati taqdim etildi.
30.04.2025
--------------------------------------------------
28-aprel - “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan 28-apreldan 2-mayga qadar Respublikamizda “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” bo‘lib o‘tdi.
Haftalik doirasida poytaxtimizdagi "Hyatt Regensy" mehmonxonasida "Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sunʼiy intellekt va raqamlashtirishning roli" mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi. Unda sohaga aloqador 30 dan ortiq xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. Tadbirda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning mehnatni muhofaza qilish tizimidagi o‘rni, ishlab chiqarishdagi xavf-xatarlarni avtomatlashtirilgan tarzda aniqlash, monitoring qilish va oldini olishga xizmat qiluvchi ilg‘or texnologik yondashuvlar muhokama qilindi.

Mazkur konferensiya raqamlashtirish asosida xodimlarning mehnat xavfsizligini ta’minlashda real va aniq yechimlar ishlab chiqishga yo‘naltirildi.Konferensiyada Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari Paskal Anik va Milan Petkovski “Mehnatni muhofaza qilish statistikasi” hamda “O‘zbekiston milliy qonunchiligining mehnatni muhofaza qilish sohasida XMTning konvensiyalariga muvofiqligi tahlili” mavzularidagi chiqishlari bilan qatnashdi. U umumiy maqsadlarga erishish uchun turli tashkilotlar - davlat xizmatlari, ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va xalqaro hamjamiyat o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish muhimligini taʼkidladi.

Tadbir davomida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “Mehnatni muhofaza qilishda eng yaxshi ish beruvchi” va “Mehnat muhofazasining eng yaxshi xodimi” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
28.04.2025
--------------------------------------------------
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida Parlament ayol aʼzolari forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda dunyoning turli burchaklaridan 200 dan ortiq parlament aʼzolari, ayol-yetakchilar va ekspertlar gender tenglik, ayollarning siyosiy yetakchiligi va inson huquqlari bilan bog‘liq eng muhim masalalarni muhokama qiladilar.


Parlament ayol aʼzolari forumi 40 yillik faoliyati davomida ayollarning siyosiy jarayondagi ishtirokini kengaytirishga va gender tenglikni ilgari surishga xizmat qilib kelmoqda.
Mazkur nufuzli forumda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Raʼno Turdiboyeva ham o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etib, mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, gender tenglik va bandlikni taʼminlash orqali ularning turli sohalardagi faolligini oshirishda parlamentlararo hamkorlikning ahamiyati muhimligini taʼkidladi.

Assambleya doirasidagi barcha tadbirlar 5-9-aprel kunlari “Tashkent City” xalqaro biznes markazining Kongress xolida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Assambleya doirasida muhim xalqaro hujjatlar, jumladan, Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.
06.04.2025
--------------------------------------------------
Joriy yilning 25-fevral kuni Oʻzbekiston mamlakat platformasining navbatdagi davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi va Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalliy va xorijiy ekspertlar, qator vazirliklar, xalqaro moliya tashkilotlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Mamlakat platformasi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirishda hukumat va xalqaro tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirishda muhim mexanizm boʻlib xizmat qiladi. Mamlakat platformasi hukumatning asosiy vazirliklari hamda strategik islohotlar va investitsiyaning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlarni birlashtiruvchi 13 ta sektor ishchi guruhi orqali faoliyat yuritadi.

Tadbirda masʼullar 2025-2030-yillarga moʻljallangan Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi boʻyicha olib borilayotgan ishlar hamda moliyalashtirish jarayonini raqamlashtirish, atrof-muhit va gender tengligi tamoyillariga asoslangan moliyalashtirish kabi ustuvor yoʻnalishlarda amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi.
26.02.2025
--------------------------------------------------
3-dekabr kuni Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida “Ijtimoiy mas’uliyat va ijtimoiy tadbirkorlik” jamoatchilik forumi bo‘lib o‘tdi.

“Yuksalish” harakati tomonidan sheriklar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda davlat organlari, ishbilarmon doiralar, xalqaro ekspertlar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari qatnashdi.
Forum yakunida ijtimoiy mas’uliyatli biznesni tushunish madaniyatini shakllantirish, ijtimoiy mas’uliyatdan ijtimoiy biznesga o‘tish, shuningdek, zamonaviy biznes menejerlarini tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
03.12.2024
--------------------------------------------------
“O‘zbekistonda demografik dividenddan foydalanish: inson kapitalini rivojlantirish orqali ayollar va yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

UNFPA, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalliy va xalqaro tashkilotlar mutaxassislari va ekspertlar O‘zbekistonning demografik ustunligidan foydalanish strategiyalarini o‘rganish uchun yig’ildilar.

Konferensiya demografik barqarorlik va tendensiyalarni hal qilish uchun hukumat vakillari, xususiy sektor rahbarlari, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyatini birlashtirgan yuqori darajadagi muloqotlar uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

Tadbir yakunida demografik imkoniyatlarni barqaror iqtisodiy o‘sishga aylantirish, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini takomillashtirish, aholi sonining o‘sishiga mos ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli yakuniy hujjat ishlab chiqildi.
22.11.2024
--------------------------------------------------
Gender zoʻravonlikka qarshi 16 kun faollik
Oʻzbekistonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Buyuk Britaniya hukumati koʻmagida tashkil etilgan “Gender zoʻravonlikka qarshi 16 kun faollik” xalqaro kampaniyasining rasmiy ochilishi boʻlib oʻtdi.

Zo‘ravonlikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro darajadagi hamkorlik va istiqbollari muhokama qilindi.
“16 kun faollik” kampaniyasi doirasida Oʻzbekiston boʻylab gender zoʻravonlikka qarshi kurash, xabardorlikni oshirish, muloqotni rivojlantirish va harakatlarni safarbar qilishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
25.11.2024
--------------------------------------------------
Xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish va ular faoliyatini rag‘batlantirish masalasiga bugungi kunda davlat tomonidan katta e’tibor berib kelinmoqda.
Statistik raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, 2024-yil 1-yanvar holatiga mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining 95 mingdan ortiq xotin-qizlar boshqarmoqda, shuningdek, bugungi kunda 111 ming nafardan ortiq ayollar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritmoqda.
“Tadbirkor ayol – qahramon ayol” mavzusida o‘tkazilgan tadbir ham sohadagi ishlar isboti va kelgusidagi maqsadlar uchun debochadir.

Ushbu forum jarayonida ijtimoiy himoya reestrida turuvchi ishsiz, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan, respublika hududlaridan taklif etilgan 30 nafar ayollarga yirik tadbirkor ayollar tomonidan o‘zini o‘zi band qilishlari uchun qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash pechlari, tikuv mashinalari, kasbga o‘qish kurslari uchun bepul vaucherlar, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, qandillarni taqdim etish auksion usulda o‘tkazildi.
Tadbir natijasida Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalari va tadbirkorlar o‘rtasida jami 57 ta memorandum imzolanib, ularga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj 2 000 ga yaqin xotin-qizlar uchun ish o‘rinlari yaratiladi.
27.11.2024
--------------------------------------------------
“Ижтимоий адолатни таъминлашда меҳнат меъёрларининг аҳамияти” йўналишида 1-панел сессиясидан фото лавҳалар




--------------------------------------------------
Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda “Bandlik va ijtimoiy himoyani uyg‘unlashtirish orqali O‘zbekistonda ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Xalqaro Mehnat tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari, diplomatik korpus vakillari, olimlar hamda mutaxassislar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi hamda Xalqaro Mehnat tashkiloti bilan yo‘lga qo‘yilgan yaqin hamkorlik aloqalari natijasida mamlakatimiz mehnat sohasida yuqori natijalarga erishayotganini qayd etdi.

Xususan, majburiy va bolalar mehnatiga to‘liq barham berilib, yashil iqtisodiyotga asoslangan munosib mehnat sharoitlarini joriy etishga jadal kirishilgani, O‘zbek paxtasiga qo‘yilgan boykotning bekor qilinishi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilab, jahonning mashhur brendlari mamlakatimiz bozoriga kirib kelganligi alohida e’tirof etildi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy Kengashi a’zoligiga saylanishini mamlakatimizning mehnat sohasidagi yutuqlari e’tirofi, qolaversa ushbu tashkilot bilan yo‘lga qo‘ygan yaqin hamkorligining samarasi deyish mumkin.
Ma’muriy Kengashga a’zolik davlatimiz uchun mehnat va ijtimoiy adolat masalalari bo‘yicha global kun tartibini shakllantirish va amalga oshirish jarayonida faol ishtirok etish, ijtimoiy mehnat munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha konstruktiv takliflar kiritish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ma’lumki inson huquqlarini himoya qilish, munosib ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyani mustahkamlash “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ajralmas qismi sanaladi.
Bu borada kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash sohasiga katta e’tibor qaratilib, kasb-hunarga o‘qitish markazlari tarmog‘i kengaymoqda. Tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilib, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilmoqda. “Yashil” ish o‘rinlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilib, O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya samaradorligi va qishloq xo‘jaligi kabi ekologik toza tarmoqlar jadal rivojlanmoqda.

Amalga oshirilgan islohotlar O‘zbekistondagi bandlik ko‘rsatkichlariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatdagi ishsizlik darajasi 2020-yildagi 10,5% dan 2024 yilga kelib 6,8 % ga tushdi.
Kambag‘allik darajasi esa 2021-yildagi 17 %dan 2023-yil so‘nggiga kelib 11%ga tushdi.
Anjuman doirasida tashkil etilgan panel sessiyalarda ishtirokchilar "Mehnat me’yorlari va huquqlarining bugungi kundagi holati", "Fuqarolik faollik va mehnat huquqlari uchun maydon", "Mehnat huquqlarini himoya qilishning istiqboldagi yo‘nalishlari", "Yashil iqtisodga”ga o‘tish uchun munosib mehnat ish o‘rinlarini moliyalashtirish" va boshqa mavzulardagi ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.
“Qirsadaq” mahallasi misolida xotin-qizlar bandligi ta’minlanadi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva rahbarligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyatining Yangiyo‘l hamda Oqqo‘rg‘on tumanlarida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini mahalladan boshlash bo‘yicha namunaviy tizim ishlab chiqilgan edi.
Ishchi guruh tashrifidan so‘ng, “Qirsadaq” mahallasida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha ishlar mutlaqo yangicha yondashuv va tizim asosida yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan, respublika bo‘yicha mahallalar kesimida ishlash istagini bildirgan 589 ming xotin-qizlarning dastlabki ro‘yxati shakllantirilib, hududlar kesimida 2024-yilda 252 885 nafar xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi.
Qolaversa, Xalq banki, Mikrokreditbank, Biznesni rivojlantirish banki orqali xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga oid 250 ta tavsiyaviy biznes-loyiha tayyorlandi.
Ushbu ishlarni respublikaning barcha hududlarida joriy etish maqsadida selektor tarzida o'tkazilgan respublika seminarida Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri o'rinbosari Ra'no Turdiboyeva ayollar bandligiga ko'maklashish borasidagi ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Ma’lumot uchun, Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan 2024-yilda 9 442 ta mahalladagi 580 ming nafarga yaqin ishsiz ayollarning bandligini ta’minlash, 205 ming nafar xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlash, oilaviy tadbirkorlik uchun kreditlarning kamida 40 foizi ayollar taklif etgan loyihalarga yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Vazirlik va uning tizimida “Genderga oid audit” tekshiruvi o‘tkazilmoqda
Joriy yilning may-iyun oylari davomida kuni O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Genderga oid audit o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan o‘rganish o‘tkazilmoqda.
Ma’lumki, 2022 yil 15 dekabr kuni “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida” O‘RQ-809-son Qonuni asosan Genderga oid auditni o‘tkazish vazifasi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga yuklatilgan bo‘lib, tasdiqlangan uch yillik rejaga asosan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida o‘tkazilishi belgilangan.

Bunda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida, shu jumladan kadrlar siyosatini olib borishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, shuningdek genderga doir kompleks yondashuv o‘rganiladi hamda baholanadi.
Genderga oid auditning asosiy vazifalari:
- davlat organlari va tashkilotlarida xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbatini o‘rganadi.
- davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatini genderga doir kompleks yondashuv asosida tashkil etganligi holatini o‘rganib chiqadi.
- xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi qonunchilikning ijro etilish holatini baholaydi.

Shuningdek ishchi guruhi tomonidan vazirlikda Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat kengashini tashkil etilganligi hamda uning faoliyati shuningdek vazirlik markaziy apparati va uning tizimida umumiy xodimlar soni xotin-qizlar va erkaklar foizlarda ko‘rsatkichlari, zaxira kadrlar bazasi, kasbiy tayyorgarligi, malaka oshirganligi, xodimlarning salomatligi, genderga doir kompleks yondashuv asosida davlat dasturlari va yo‘l xaritalari va chora-tadbirlari ijrosi, lokal hujjatlarda mehnat munosabatlariga oid ish beruvchining yakka tartibdagi qabul qilingan hujjatlari mehnat shartnomalari, jamoa kelishuvi, jamoa shartnomasi, Ichki mehnat tartibi qoidalari dam olish vaqtlari, mehnatga haq to‘lash, rag‘batlantirish, intizomiy jazolar, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilganligi o‘rganilmoqda.
“Yangi O’zbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini istiqboldagi maqsadlarini amalga oshirishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining o‘rni” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Genderga oid audit o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan “Yangi O’zbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini istiqboldagi maqsadlarini amalga oshirishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining o‘rni” mazusida amaliy seminar trening tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Turdiboeva Ra’no Eshovna kirish so‘zi bilan O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunni ijrosi shuningdek, bugungi kunda vazirlikda gender tenglik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib hozirgi kunda vazirlikda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda vazirlik va idoralardan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan genderga oid audit o‘tkazilayotganligi haqida ta’kidlab o‘tildi.

Seminarda bir necha ma’ruzachilar ishtirok etishdi. Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, Bosh mehnat texnik inspektori To‘ychiev Dusmurod To‘ychievich 2022-yil 15-dekabr kuni “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida” O‘RQ-809-son Qonuni bilan “genderga oid audit” to‘g‘risida yangi mexanizm kiritilganligi, maxsus normalar bilan uning asosiy vazifalari, genderga oid auditni o‘tkazish hamda uning natijalarini ko‘rib chiqish tartibi mustahkamlanganligi haqida gapirib, genderga oid auditni o‘tkazish vazifasi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga yuklatilgan bo‘lib, tasdiqlangan uch yillik rejaga asosan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazilayotganligi aytib o‘tildi.

Aynan mana shu audit doirasida ishchi guruhning mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan amaliy seminarda mutaxassislar tomonidan “Davlat organlari va tashkilotlarida gender auditni o‘tkazish uslubiyati to‘g‘risida”, “O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash masalalari, erishilgan natijalar va ustuvor vazifalar” hamda gender bo‘yicha qonunchiliklarning mazmuniga batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

“O’zbekistonda olib borilgan gender siyosati inson huquqlarini kafolatlanishing muhim mezoni ” mavzusida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi direktori, falsafa doktori, dotsent Mohira Xoliqova tomonidan xodimlar uchun qiziqarli amaliy -trening tashkil etildi.
O‘zaro savol-javoblar va suhbat tarzida tashkil etilgan ushbu seminarda xodimlar mazkur yo‘nalishdagi bilimlarini yana mustahkamlab olishdi.
Ayni kunlarda Malayziya davlatida Savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning birinchi yigʻilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva ham ishtirok etdi.

Tadbirda vazir oʻrinbosari mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalar shuningdek Xalqaro mehnat qonunchiligida gender tenglik normalarini milliy qonunchilikka tatbiq etilishi yuzasidan ma'ruza qildi.
Oxirgi yillarda ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari sezilari oʻsishga erishmoqda. Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlashda gender tenglik prinsiplariga rioya etilishi bo‘yicha qator davlatlar bilan birga Malayziya tajribalari ham oʻrganilmoqda.
Tadbirda Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi samarali hamkorlikni yanada kengaytirish hamda loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.
Malayziyaning kambagʻallikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish boʻyicha “Madani” hamda kam taʼminlangan oilalar bilan ishlash yo‘nalishida "E-Kasix" va "Azam" dasturlari mavjud.
----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva Turkiyada ushbu davlatning Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi rahbariyati bilan uchrashdi.
Muloqotda gender tenglik prinsiplariga rioya qilgan holda milliy malaka tizimini rivojlantirish, shu jumladan kasbiy standartlarni ishlab chiqish, oʻquv dasturlarini tayyorlash va malakani baholash boʻyicha tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ayni yoʻnalishlar boʻyicha anglashuv memorandumini imzolab, yoʻl xaritasini ishlab chiqishga kelishib olindi. Shuningdek, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutaxassislarini joriy yil davomida tajriba almashish maqsadida Turkiyaga yuborish, inson hayoti, sogʻligi va xavfsizligi bilan bogʻliq boʻlgan kasblarni majburiy sertifikatlashtirish tizimini Oʻzbekistonda tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha ham bir qator takliflar oʻrtaga tashlandi.


BMT Xotin-qizlar holati bo‘yicha komissiyasining navbatdagi sessiyasi doirasidagi Markaziy Osiyo va Ozarbayjon uchun maslahatlashuvlari Toshkentda o‘tkazildi. Uchrashuvda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakili ishtirok etdi.


Turkiya Oila ishlari va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Turkiya davlatining gender va oilaviy zo‘ravonlik, gender tengligi va gender asosidagi zo‘ravonlik qurbonlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosati, vazirlikning gender va oilaviy zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatishdagi roli, shuningdek, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ayollarning reintegratsiyasi va erkaklar va huquqbuzarlar (zo‘ravonlar) bilan ishlash, bu borada idoralararo ishlash mexanizmlari va usullari, xizmatlar ko‘rsatish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tajribasi o‘rganildi. Uchrashuvda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakili ishtirok etdi.
“Biznesda gender muvozanatning roli”.
Joriy yilning 15 may kuni “Biznesda gender muvozanatning roli. Gender munosabatga yo‘naltirilgan ish beruvchi”. mavzusidagi III xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiyadan ko‘zlangan masad ishbilarmonlik muhitida Gender siyosatida bugungi kundagi holatini muhokama qilish shuningdek gender tenglikni hisobga olgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Vazir o‘rinbosari R.Turdiboeva hamda xalqaro ekspertlar o‘z tajribalari bilan bo‘lishib, bugungi kunda O‘zbekistonda ish beruvchilarning aholi bandligini ta’minlashda gender tenglik ta’minlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar shu bilan bir qatorda ayollarni bandligini ta’minlash ularni mehnat bozorida o‘z o‘rinlarini topishi ularning kasb-hunarga o‘qitish, ayolning mehnat qilishi uchun hech qanday tazyiq va zo‘ravonliklarsiz unga imkoniyat va sharoitlar yaratish borasidagi dolzarb masalar muhokama qilindi.
Xalqaro ekspertlar tomonidan mamlakatda gender tenglik borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi.
Xalqaro ish beruvchilar bilan gender tenglik sohasidagi qonunchilik hujjatlarini mazmun-mohiyatini fuqarolarga yetkazish uchun targ‘ibot ishlarini kuchaytirish borasida hamda gender siyosatini amalga oshirishda xalqaro munosabatlarni mustahkamlash maqsadida uch tomonlama shartnomalar imzolandi. Hujjatda barcha manfaatdor tomonlarning tomonlarning mehnat sohasida gender tenglikni ta’minlashda ularning asosiy huquq va majburiyatlari belgilandi.

Gender tengligi sari muhim qadamlar
2023 yil 20 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonning milliy gender strategiyasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash orqali tenglikka erishish” loyihasi doirasida O‘zbekistonda gender tenglik va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishning istiqbollarini o‘rganish (Foresight) bo‘yicha trening o‘tkazildi.
Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutaxassislari ham faol ishtirok etdi.
Guruh ishtirokchilari prognoz texnologiyasidan foydalangan holda 2030 va 2050 yillarga qadar gender muvozanatiga erishish uchun prognozlar va kerakli ko‘rsatkichlarni tahlil qildilar.
Ushbu taxminlarga erishishni osonlashtiradigan shartlar muhokama qilindi hamda kerakli o‘zgarishlar uchun to‘siqlar aniqlandi.
Treningning muhim jihati kelajakda kerakli natijalarga muvaffaqiyatli erishish uchun yutuqlarni qayd etish edi.

Yangi O‘zbekistonning -matonatli ayollari
Joriy yilning 19 mart kuni Yangi O‘zbekistonning -matonatli ayollari I-Xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolliklarini oshirish, oliy ma’lumotli ayollar safini kengaytirish, ilm faoliyatga va tadbirkorlikka jalb etish hamda ularning bandligini ta’minlash, kelajak avlod va farzand tarbiyasida, oilada sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishda ayollarning o‘rni muhimligi hamda ularning tibbiy madaniyatini oshirish shuningdek, Sharq ayollariningmilliy liboslarini ko‘rgazmali chiqishlar, Sharq ayollarining ma’rifatli matonati Matonatli ayol kecha va bugan , Turkiya ayollari ta’limi, gender tenglik bo‘yicha xalqaro tajribalar almashildi.
Forum ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi , vazirlik , idora va tashkilotlarning mas’ul xodimlari, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor o‘qituvchilari, ekspertlar, doktarantlar va tadqiqotchi ayollar , talaba qizlar va OAVlari ishtirok etishdi. Forumda vazir o‘rinbosari R.Turdiboeva kirish so‘zi bilan ochib berib, Xotin-qizlar va erkaklarni bandligini ta’minlash masalalari mavzusida ma’ruza qildilar.
