Vazirlik haqida
Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) aholi bandligi va mehnat munosabatlari sohasida yagona siyosat olib boruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Vazirlik, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hududiy va idora bo‘ysunuvidagi bo‘linmalar yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, o‘zining mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy hisobvaraqlariga ega.
Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
qisqartirilgani — Bandlik vazirligi
b) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Ministry of Employment and Poverty Reduction of the republic of Uzbekistan
qisqartirilgani — Ministry of Employment
v) rus tilida:
to‘liq nomi — Министерство занятости и сокращения бедности Республики Узбекистан
qisqartirilgani – Министерство труда или Минтруда.
Vazirlikning joylashgan joyi (pochta manzili): 100060 Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 8-uy
Vazirlik tuzilmasi
Quyidagilar vazirlik tizimiga kiradi:
- Vazirlikning markaziy apparati;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari;
- Tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari
- Hokim yordamchilari
- Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazi
- Kasbiy ko‘nikmalar markazlari
- Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti
- Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazi
- “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi
- Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi
- Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
- “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MChJ
- Toshkent shahridagi xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji
- Yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalari
