Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!
2023-12-07 12:15:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun ,7 -dekabr kun Poytaxtimizdagi “Ishga marhamat” monomarkazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan “Konstitutsiya kelajagimiz poydevori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbirida Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va uning tuzilmalari vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda taniqli ijodkorlar ishtirok etdi.
Bayram munosabati bilan ish faoliyatida ko‘rsatgan fidoyi xizmatlari, jamoadagi namunali xulqi va intizomi uchun bir guruh xodimlar rag‘batlantirildi.
Eng avvalo, yangilangan Konstitutsiyamiz 128 moddadan 155 moddaga oshirilib, mutlaqo takomillashtirilgani alohida qayd etib o‘tildi.
So‘nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarning mustahkamlanishida Konstitutsiyaning o‘rni va roli katta ekanligi ta’kidlandi.
Taqdimot materiali orqali “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan hayotiy shiorning mohiyati hamda ahamiyati, Bosh Qonunimiz asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganligi ochib berildi.









