“Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumi yakunlari
2025-09-19 12:30:00 / Vazirlik yangiliklari

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumi yakunlari
🔹 17–18-sentabr kunlari Namangan shahrida o‘tkazilgan xalqaro forumda ekspertlar, moliya institutlari ва hukumat vakillari kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajriba almashdilar.
12 ta panel sessiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi:
- yangi ko‘nikmalar va zamonaviy kasblar orqali bandlikni oshirish;
- islom moliyasining imkoniyatlari;
- ijtimoiy himoya va inson kapitaliga sarmoya;
- yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish;
- raqamli transformatsiya va inklyuziv iqtisodiy o‘sish.
To‘liq press-reliz bilan tanishing.




