
Yoshlar siyosati

“Prezident AI Award” 2026 tanlovi haqida raqamli ma’lumot kontenti
President AI Award 2026 uchun arizalar qabuli boshlandi!
Sun’iy intellekt sohasidagi eng istiqbolli loyihalar uchun mamlakatning eng yirik tanlovi.
Ishtirok etish shartlari:
🔸Jamoa tarkibi: 3–8 kishi
🔸O‘zbekiston fuqarolari yoki doimiy yashash guvohnomasiga ega shaxslar
Umumiy mukofot jamg‘armasi — $1 000 000.
Ariza topshirish uchun nimalar kerak?
🔸Ishlayotgan MVP (Minimum Viable Product)
🔸Loyihani tushuntiruvchi 3 daqiqalik video pitch
🔸GitHub repository havolasi (ekspertlar kodni ko‘rib chiqishi uchun)
🔸PDF formatdagi Pitch Deck va loyiha logotipi
Eslatma: barcha materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Awards.gov.uz (https://awards.gov.uz/en/paia) platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting, kerakli hujjatlarni yuklang va tanlov bosqichlarida ishtirok eting.
AI kelajagini birgalikda yarataylik. Endi navbat — sizning loyihangizga.
@startupbaseuz
Havola: https://t.me/president_ai_award/9
“President Tech Award” va “President AI Award” tanlovlarini o‘tkazish yuzasidan
Umumiy mukofot jamg‘armasi — $5 million.
Tanlov inkubatsiya, akseleratsiya va eng yaxshi startap loyihalari yo‘nalishlarini qamrab olib, g‘oliblarga grantlar, investitsiyalar hamda tajribali mentorlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi.
Ishtirokchilar quyidagi dasturlarda qatnashishlari mumkin:
🔹 Inkubatsiya (Idea va MVP)
🔹 Akseleratsiya (Pre-seed va Seed )
🔹 Best Startup Project (Seed va Series A)
Ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha cheklov yo‘q.
📌 Arizalar qabuli:
Inkubatsiya dasturi - 10 Avgust
Akseleratsiya dasturi - 10 Avgust
Best Startup Project - 31 Avgust
Arizangizni hoziroq awards.gov.uz (https://awards.gov.uz/en/pta) orqali topshiring va keyingi muvaffaqiyat hikoyasining bir qismiga aylaning.
@startupbaseuz


