Geoaxborot tizimi
Qishloq xo’jaligi vazirligi geoaxborot tizimi haqida ma'lumotlar
Qishloq xo’jaligi vazirligi geoaxborot tizimi – Qishloq xo’jaligi yerlari bilan bog’liq barcha fazoviy ma’lumotlarni izlash va tasvirlashga mo’ljallangan internet tarmog’ida ochiq foydalanishda taqdim etiladigan ma’lumotlar manbai
2022 yilda amalga oshirilgan ishlar
-
kosmik suratlar va uchuvchisiz uchish apparatlarining materiallari hamda dala kuzatuv ma’lumotlarini tahlil qilish orqali sug‘orildaigan va lalmi yerlarning tizimli monitoringini yo‘lga qo‘yish (PQ-273)
-
qishloq xo‘jaligi yerlarining geoaxborot tizimida 6 turdagi asosiy (paxta, g‘alla, sholi, kartoshka, makkajo‘xori hamda moyli ekinlar) qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekilishi, vegetatsiya davrini tahlil qilish (PQ-273);
-
geoaxborot tizimiga manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini integratsiya qilish (PQ-273);
-
geoaxborot tizimida barcha tumanlardan dala ma’lumotlarining onlayn tarzda real vaqt rejimida yig‘ilishini tashkil etish (PQ-273);
-
qishloq xo‘jaligi yerlarining geoaxborot tizimida qishloq xo‘jaligi yerlarining konturlar, massivlar, subyektlar kesimidagi bazasini yaratish (PQ-273);
-
vazirlik va idoralar, shuningdek, foydalanuvchilar uchun maxsus geoportallarni yaratish, jumladan yer maydonlari va ekinlar tahlillarini tegishli joylashuvga bog‘langan holda vizual qulay tarzda taqdim etish (PQ-273);
-
yillar, konturlar kesimida yer maydonlari va ekinlar holati, hosildorligiga oid ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish (PQ-273);
-
Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda dala ma’lumotlarini ArcGIS Field Maps mobil ilovalari yordamida onlayn monitoring va tahlil qilish imkoniyatini yaratish (PQ-357);
-
qishloq xo‘jaligi ekinlari holati to‘g‘risida kompleks ma’lumotlar berishda kosmik multispektral suratlar yordamida ekinlarning turli vegetatsiya indekslarini aniqlash, yerdan foydalanuvchilarga tavsiyalar berish ishlarini tashkillashtirish (PQ-357);
-
geoaxborot tizimida yerni masofadan zondlash, jumladan aerokosmik suratlar va uchuvchisiz uchish apparatlar materiallarini sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida tahlil qilishni kengaytirish, ekin turlarini avtomatik aniqlash algortimlarini ishlab chiqish va tizimda joriy etish (PQ-357);
-
qishloq xo‘jaligi ekin turlarining spektral etalonlari bazasini yaratish va to‘ldirib borish (PQ-357);
-
kishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarining joriy va tezkor monitoringini yuritish jadvallarini raqamlashtirish va geoportalda aks ettirish (QXV – 262);
-
qishloq xo‘jaligi sohasida yerni masofadan zondlash ma’lumotlari asosida tuproq va qishloq xo‘jaligi ekinlari holatini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi, shu jumladan kombaynlar ishini monitoring qilish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash (PQ-4996);
Xalqaro munosabatlar
Koreya Respublikasi Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va qishloq tumanlari vazirligi (MAFRA) hamda Korea Respublikasi Yer, infratuzilma va transport vazirligi (MOLIT) bilan hamkorlikda 2024-2027-yillarga mo’ljallangan “Oʻzbekistonning Toshkent viloyatida iqlim oʻzgarishiga javob beruvchi geofazoviy maʼlumotlarga asoslangan raqamli qishloq xoʻjaligi platformasini ishlab chiqish” ODA liniyasi boʻyicha grant loyihasini jalb qilish taklifi Ishlab chiqildi.
Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasining 2 ta mutaxassisi Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ GmbH)ning “Orolbo‘yi mintaqasida ekologiyaga yo‘naltirilgan rivojlantirish” (ECO-ARAL) mintaqaviy loyihasi doirasida GIZ GmbH, Berlin Rayner Lemoine instituti va Markaziy Osiyo Amerika universiteti hamkorligida “Geoaxborot tizimlari va yerni masofadan zondlash” mavzusida o’tkazilgan 3 ta bosqichli o‘quv kurslarida malaka oshirishdi.
