Tender va tanlovlar
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish bo‘yicha elektron tanlov g'oliblari:
Yuklab olish ushbu havola orqali: https://api-portal.gov.uz/uploads/24/2025/10/30/e8a105d0-cc70-bf2a-0617-ca8424c4f4b0_media_.zip
Diqqat, tanlov!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasida “E-urug‘” axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025 yil 18-martdagi 166-sonli qaroriga asosan Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish bo‘yicha elektron tanlovlarni “E-urug‘” axborot tizimida o‘tkazish belgilangan.
Mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, 2026-yil hosili uchun urugʻlik don yetishtirish boʻyicha qishloq xo‘jaligi sub’ektlari o‘rtasida tanlovlarni shaffoflik va adolatli oʻtkazish maqsadida Qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarida urug‘lik g‘alla yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida 15-iyuldan 5-avgustgacha “E-urug‘” axborot tizimida tender-tanlovlari bo‘lib o‘tadi.
Sizdan, tanlovda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz!
_____________________
Eng yaxshi taklifni tanlab olish doirasida 25120012429451-sonli lot joylashtirilgani haqida xabar beramiz.
📌 Tanlov mavzusi:
Energiya auditini o‘tkazish, energiyani tejash, undan oqilona foydalanish, energiya samaradorligini oshirish ko‘rsatkichlarini aniqlash va ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga erishish tartibini belgilash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havolaga o‘ting: https://etender.uzex.uz/lot/429451
✓ E’tibor bering: lotni e’lon qilish muddati 5 kalendar kunni tashkil etadi. Takliflarni tayyorlashda ushbu muddatni hisobga olishingizni so‘raymiz.
Eng yaxshi taklifni tanlab olish doirasida 25120012429085-sonli lot joylashtirilgani haqida xabar beramiz.
📌 Tanlov mavzusi:
2023-2024-yillar uchun "MA’MURIY-XO‘JALIK XIZMATI" moliya-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiqligi yuzasidan tashqi audit o‘tkazish xizmati
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havolaga o‘ting: https://etender.uzex.uz/lot/429085
✓ E’tibor bering: lotni e’lon qilish muddati 5 kalendar kunni tashkil etadi. Takliflarni tayyorlashda ushbu muddatni hisobga olishingizni so‘raymiz.
Diqqat tanlov!
Vazirlik va tizim tashkilotlari energetik tizimlarining samaradorligini tahlil qilish va baholash jarayoni bo'yicha tanlov e'lon qilinadi.
Quyidagi faylda ko'rsatilgan topshiriqlarga muvofiq tijorat takliflaringizni tayyorlab, 2025-yil 25-aprelgacha mxx@agro.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
DIQQAT, TANLOV!
Misr Arab Respublikasining "Nile-sugar" kompaniyasi shakar ishlab chiqarish korxonasi uchun nom tanlash va logotip yaratish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.
Tanlov shartlari:
1. Madaniy uyg‘unlashuv: Korxona nomi va logotipi O‘zbekiston va Misr madaniyatlariga xos elementlarni muvofiq ravishda uyg‘unlashtirishi, o‘zaro an’analar va xalqaro hamkorlik jihatlarini qamrab olishi kerak.
2. Innovatsion yondashuv: Nomi va logotipi qishloq xo‘jaligi sektoridagi dinamika va innovatsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni aks ettirishi kerak.
3. Kompaniyaning yondashuvi va qarashlari: Ular kompaniyaning yondashuvi va qarashlarini ifodalashi va xalqaro e’tiborni jalb qiluvchi istiqbolli brend bo‘lishi kerak.
4. Brendning o‘ziga jalb qiluvchanligi: Nomi va logotipi bir ko‘rishda esda qolarli bo‘lishi kerak.
Logotipni tayyorlash me’yorlari:
Yangi korxona nomi va logotipi uch tilda (o‘zbekcha, arabcha, inglizcha) raqamli formatda yaratilishi, har bir til bo‘yicha qisqacha tushuntirish va tavsif berilishi hamda maketli va maketsiz shaklda taqdim etilishi lozim.
Logotipning texnik xususiyatlari va tanlov shartlari haqida ma’lumot olish uchun qo‘shimcha qilingan Ilovani diqqat bilan o‘qing.
Tanlov g‘oliblari Misr Arab Respublikasining "Nile-sugar" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan komissiya tomonidan aniqlanadi.
Mukofotlar:
🥇 1-o‘rin: 15,000 AQSH dollari
🥈2-o‘rin: 10,000 AQSH dollari
🥉 3-o‘rin: 5,000 AQSH dollari
Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlar muallif yoki firma haqidagi ma’lumotlar bilan birga 2024- yilning 15-iyuligacha create@nile-sugar.com elektron manziliga yuborilishi kerak.
Tanlov shartlari bilan batafsil tanishish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi hududini obodonlashtirish va ta’mirlash uchun tender e’lon qiladi
30/09/2023
O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hududini obodonlashtirish va ta’mirlash uchun tender e’lon qilindi.
Boshlang’ich qiymati: 739 489 171 so’m.
Batafsil: agro.uz
Email: info@agro.uz
«Telegram-BOT» tizimini joriy qilish bo‘yicha
23/08/2023
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatining sohada korrupsiya xolatlarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida axoli (tadbirkorlik sub’yektlari) tomonidan yo‘llangan murojaatlarni o‘z vaqtida yetkazib beruvchi telegram-BOT tizimini joriy qilish bo‘yicha.
Boshlang’ich qiymati: 15 000 000 so’m.
Batafsil: agro.uz
Email: info@agro.uz
Qishloq xo‘jaligi vazirligi binosini ta’mirlash uchun konkurs e’lon qiladi
24/07/2022
O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi binosini ta’mirlash uchun konkurs e’lon qilindi.
Boshlang’ich qiymati: 731 685 968 so’m.
Batafsil: agro.uz
Email: info@agro.uz
Davlat bojxona qo‘mitasidan olingan ma’lumotlar o‘rtasida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va chiqarishni osonlashtiradigan dasturiy ta’minot tizimini joriy qilish bo‘yicha
04/05/2022
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatida Davlat bojxona qo‘mitasidan olingan ma’lumotlar o‘rtasida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va chiqarishni osonlashtiradigan dasturiy ta’minot tizimini joriy qilish bo‘yicha.
Boshlang’ich qiymati: 93 000 000 so’m.
Batafsil: agro.uz
Email: info@agro.uz
