Vazirlik haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi — oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi. 2018-yil 12-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va suv vazirligi ikkita vazirlikka: Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan.
- Birinchi navbatda qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish va sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, qishloq xoʻjaligi subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilgʻor tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
- Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qoʻshilgan qiymati zanjiri yaratilishini ragʻbatlantirish;
- Agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida klastyerlarni tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish;
- Agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini oshirishga koʻmaklashadigan qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
- Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xoʻjaligi yerlarini, qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish;
- Tuproq bonitirovkasini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarining me’yoriy qiymatini aniqlash, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish;
- Zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni ragʻbatlantirish;
- Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urugʻchiligini tashkil etish va rivojlantirish;
- Oʻsimliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona oʻtlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat koʻrsatish va tuproqni muhofaza qilish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- Ta’lim, fan va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash;
- Organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasida barcha manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish;
- Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish.