Barcha raqamlar
1243 |
Ishonch telefoni |
+99871 206-70-30 |
Devonxona Elektron pochta |
+99871 206-70-65 murojaat@agro.uz |
Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi Elektron pochta |
+99871 206-70-20 matbuot@agro.uz |
Matbuot kotibi Elektron pochta |
+99871 206-70-57 info@agro.uz |
Komplaens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi Elektron pochta |
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligini ishonch telefoni faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligini (keyingi o‘rinlarda - Vazirlik) ishonch telefoni faoliyatini tashkil etish, uning ishlash tartibi, u orqali jismoniy va yuridik shaxslardan tushadigan murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
2. Ishonch telefoni — Vazirlik tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning telefon orqali murojaatlarini qabul qilish, ularga javob berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi bo‘linma hisoblanadi.
3. Ishonch telefoni orqali tushayotgan murojaatlarni qabul qilish davomiyligi
20 daqiqadan oshmasligi lozim. Mazkur muddat tugagandan keyin murojaat avtomatik tarzda aloqa tarmog‘idan uziladi.
2-bob. Vazirlik ishonch telefoni faoliyatini tashkil qilish
4. Ishonch telefoni faoliyati amaldagi qonunchilik hujjatlariga, ushbu Nizomga, ichki reglamentlar, buyruqlar, shuningdek, axborotga oid hamkorlik qilish reglamentlariga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Ishonch telefoni xizmatlarini ko‘rsatish vazifalari fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ham tashkil qilinishi mumkin.
6. Vazirlik ishonch telefoni ishi quyidagi rejimda tashkil etiladi:
dushanba — juma kunlari (bayram kunlaridan tashqari) soat 09:00 dan soat 13:00 gacha va soat 14:00 dan soat 18:00 gacha faoliyat olib boradi.
Vazirlikga yuklatilgan vazifalar va funksiyalardan kelib chiqib Vazirlik ishonch telefonining ish rejimi Vazirlik rahbariyati tomonidan alohida belgilanishi mumkin.
7. Ishonch telefoni orqali murojaatlar butun O‘zbekiston Respublikasi hududidan qo‘ng‘iroq qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ishonch telefoni raqami Vazirlik tomonidan mustaqil belgilanadi va majburiy tarzda vazirlik rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
3-bob. Vazirlik ishonch telefonini tashkil qilishning maqsadi, asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Vazirlik ishonch telefoni quyidagi maqsadda tashkil qilinadi:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida kerakli ma’lumotlarni berish hamda qonunda belgilangan talablar asosida murojaatlarini ko‘rib chiqish.
9. Vazirlik ishonch telefonining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
murojaatchilarga murojaatlari yuzasidan ma’lumot taqdim etish hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlari bo‘yicha maslahat berish va so‘rovlarni qayta ishlash;
shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq murojaat qiluvchilarga murojaat holati va ularga murojaatni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi axborotni taqdim etish;
murojaatlarni ko‘rib chiqish sifati monitoringini olib borish va nazorat qilish maqsadida qabul qilingan murojaatlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashni ta’minlash.
10. Vazirlik ishonch telefoni o‘ziga yuklangan asosiy vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni qonunda belgilangan tartibda qabul qiish, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish, qabul qilingan murojaatni ko‘rib chiqish holati yuzasidan ma’lumot berish;
qonunchilik hujjatlariga zid kelmaydigan holatlarda so‘zlashuvlarni (va boshqa bajarilgan tranzaksiyalarni) yozish, murojaatlarni identifikatsiyalash mexanizmlaridan foydalanish;
4-bob. Vazirlik ishonch telefoni faoliyatini nazorat qilish
11. Vazirlik ishonch telefoni faoliyatini nazorat qilish Vazirlik rahbariyati, shuningdek, Vazirlikning yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
16. Vazirlik ishonch telefoni faoliyatini nazorat qilish idoraviy telefonlariga tushgan murojaatlar hisoboti va boshqa ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
5-bob. Vazirlik ishonch telefoni orqali murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi
17. Vazirlik ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlarni jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risidagi qonuna asosan qabul qilinadi:
arizalar — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaatlar;
takliflar — ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaatlar;
shikoyatlar — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaatlar.
18. Vazirlik ishonch telefoni orqali telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berishda qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi operator:
o‘zini tanishtirishi (o‘z familiyasi, ismi, lavozimi yoki shaxsiy raqamini aytishi);
ko‘p beriladigan savollar ro‘yxatidagi savol berilgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan o‘zi javob berishi;
qo‘ng‘iroq qilgan shaxsga uning arizalari, takliflari va shikoyatlarini qabul qilish uchun ishlashini tushuntirishi, shuningdek, qasddan yolg‘on ma’lumot taqdim etilishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishini ma’lum qilishi;
qo‘ng‘iroq qilgan shaxsga ushbu Namunaviy nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan axborot va ma’lumotlarni ma’lum qilishni taklif etishi;
jismoniy va yuridik shaxslar bilan telefon orqali suhbatlashganda muomala madaniyati va odob-axloq qoidalariga rioya etgan hamda savollarga aniq, qonunchilik doirasida javob bergan holda xushmuomalalik bilan muloqot olib borishi shart.
19. Vazirlik ishonch telefoni orqali murojaat qilishda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, o‘zlari vakil sifatida manfaatlarini ifodalayotgan tadbirkorlik sub’yektining nomini, javob yuboriladigan pochta manzilini, qayta bog‘lanish uchun telefon raqamini ma’lum qilishi, shuningdek, murojaatning mohiyati va mazmunini bayon qilishi shart.
20. Qo‘ng‘iroq qiluvchi shaxsdan murojaat qilish tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarning so‘ralishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
21. Ushbu Namunaviy nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan axborot va ma’lumotlar taqdim etilmagan murojaatlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.
22. Qabul qilingan murojaatni ko‘rib chiqish uchun Vazirlik rahbariyati bir ish kuni mobaynida tegishli tarkibiy bo‘linmani belgilaydi.
23. Vazirlik ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar zarur hollarda murojaatda ko‘rsatilgan holat murojaat qiluvchini jalb etgan holda o‘ziga chiqib o‘rganilishi mumkin.
24. Vazirlik zimmasiga murojaatlarni ko‘rib chiqish vazifasi yuklangan mas’ul xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlar tushgan taqdirda, bunday murojaatlarning mazkur shaxslarning bevosita o‘zi ko‘rib chiqishi taqiqlanadi.
25. Vazirlik ishonch telefoni orqali ko‘rib chiqilishi davlat organlarining vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha murojaatlar tushgan taqdirda, davlat organlarining mas’ul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda tushuntirish beriladi va tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tavsiya qilinadi.
26. Murojaatlarni ko‘rib chiqish «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
27. Murojaat muallifiga ko‘rib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmun-mohiyati to‘g‘risida yozma shaklda xabar berishi shart.
Murojaat muallifiga berilgan yozma javobning nusxasi Vazirlikda saqlanadi.
28. Vazirlik jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishiga olib kelayotgan sabablarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida belgilangan tartibda arizalar, takliflar va shikoyatlar hisobotini yuritadi, ularni umumlashtirib, tahlil qiladi.
29. Vazirlik ishonch telefoni orqali tushgan arizalar, takliflar va shikoyatlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni rasmiy veb-saytida joylashtirib borishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risida olingan ma’lumotlarning maxfiyligiga doir talabga rioya qilgan holda haftalik asosda ta’minlab boriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
30. Vazirlik ishonch telefoni orqali olingan axborot bilan ishlovchi shaxslar olingan ma’lumotlarning maxfiyligiga doir talabga rioya qilinishi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq shaxsan javobgar bo‘ladilar.