TADBIRKORLAR DIQQATIGA!
2026-11-19 18:20:00 / Yangiliklar

Yengil sanoat korxonalari uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS / IFRS) bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etiladi.
Ochiq muloqot davomida xorijiy banklardan kredit olish, investorlarni jalb etish, moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirish, MHXSni joriy etish xarajatlarini qoplash mexanizmlari hamda xalqaro bozorlarga chiqishda moliyaviy shaffoflikning ahamiyati kabi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘z savollariga MHXS bo‘yicha malakali mutaxassis va ekspertlardan bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Sana: 21-noyabr, 2026-yil
Vaqt: 11:00
Manzil: Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi 30.
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 33 157-00-00 | @Zarif_Khanaliev
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Korxonangizni xalqaro moliyaviy standartlar asosida rivojlantirish sari muhim qadamni tashlang!
