RASMIY XABAR
2026-11-19 18:10:00 / Yangiliklar

O‘zbek-Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki tugatilib, uning negizida Toshkent xalqaro moda akademiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-oktabrdagi PQ-378-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining 2026-yil 6-noyabrdagi 64-sonli buyrug‘i qabul qilindi.
Mazkur buyruqqa asosan quyidagilar belgilandi:
Texnopark faoliyatini tugatish: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 30-uy manzilida joylashgan "O‘zbek-Koreya o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki" davlat muassasasi belgilangan tartibda tugatiladi.
Mol-mulk va loyihalarni o‘tkazish:
Texnoparkning barcha bino-inshootlari va moddiy-texnik bazasi operativ boshqaruv huquqi asosida yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moda akademiyasiga beg‘araz o‘tkazib beriladi.
Texnoparkning barcha shartnomalari, majburiyatlari hamda xalqaro hamkorlik va davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosidagi loyihalari huquqiy voris sifatida Akademiya tomonidan davom ettiriladi.
Malakali xodimlarni imkoniyat darajasida Toshkent xalqaro moda akademiyasiga ishga joylashtirish choralari ko‘riladi.
