KONSTITUTSIYA — SUVEREN DAVLAT KAFOLATI!
2026-11-13 10:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — mamlakatimiz suvereniteti, mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va davlat hokimiyatining xalq manfaatlariga xizmat qilishini ta’minlovchi mustahkam huquqiy asosdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, unda belgilangan asosiy tamoyil va qoidalarni targ‘ib etish maqsadida maxsus videorolik tayyorlandi.
Konstitutsiya — davlat mustaqilligi va suverenitetining huquqiy poydevori, xalq irodasi va milliy davlatchiligimizning mustahkam ifodasidir.
Unda mamlakatimizning davlat sifatidagi yaxlitligi, xalq hokimiyatchiligi, qonun ustuvorligi hamda xalqaro munosabatlarda mustaqil siyosat yuritish tamoyillari o‘zining huquqiy kafolatini topgan.
Zero, Konstitutsiya — suveren davlatimizning mustahkam tayanchi, mustaqil taraqqiyotimiz va farovon kelajagimiz kafolatidir!
