KONSTITUTSIYA — INSON QADRI, ERKINLIK VA FAROVON HAYOT POYDEVORI!
2026-11-12 18:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-noyabrdagi F–63-son Farmoyishi 1-ilovasining 12-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan maxsus videorolik tayyorlandi.
Mazkur videorolikda Konstitutsiyamizda mustahkamlangan inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi, tadbirkorlik erkinligi, xususiy mulk daxlsizligi hamda istemolchi huquqlari kabi konstitutsiyaviy kafolatlarning mazmun-mohiyati yoritilgan.
Bosh qomusimiz — nafaqat huquqiy taraqqiyotimiz asosi, balki inson qadri ulug‘langan, tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlangan va farovon jamiyat barpo etishga xizmat qiluvchi mustahkam huquqiy poydevordir.
Zero, Konstitutsiya — xalq manfaatlari, inson qadri va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining huquqiy kafolatidir!
