Navoiy viloyatidagi yengil sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi.
2026-10-23 19:55:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 23-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida hududdagi yengil sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari hamda kelgusidagi rivojlanish istiqbollari o‘rganildi.
Jumladan, Qiziltepa tumanidagi “SVS NAVOI” korxonasida lateks qoplamali qo‘lqoplar ishlab chiqarish loyihasini kengaytirish ishlari amalga oshirilayotgani qayd etildi. Mazkur loyihaning qiymati 10 mln AQSH dollarini tashkil etadi.
Shuningdek, “Navoiy Ishonch Gilamlari” korxonasida gilam ishlab chiqarish loyihasini kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Loyiha qiymati 2,1 mln AQSH dollariga teng.
Bundan tashqari, “QORAJON-TEXTILE”, “BRIGHT NAVOI TEXTILE”, “NAVBAHOR TEKSTIL”, “Baht-Textile”, “MENGI TEKSTIL GROUP” korxonalari hamda “AL-AZIZ TOLA” pillani qayta ishlash sexi faoliyati bilan tanishilib, ishlab chiqarish imkoniyatlari va korxonalarni yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Tashrif davomida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda hududning eksport salohiyatini oshirish masalalari muhim yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
Yengil sanoatni hududlarda rivojlantirish — ishlab chiqarish hajmini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va mahalliy mahsulotlarning eksport imkoniyatlarini kengaytirishning muhim omilidir.

