Warsaw Home Textile 2026 xalqaro ko‘rgazmasi o'z ishini boshladi
2026-10-22 10:10:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 21–24-oktabr kunlari Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tayotgan Warsaw Home Textile 2026 xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” milliy stendida 10 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etmoqda.
Asosiy maqsad — milliy to‘qimachilik mahsulotlarining raqobatbardoshligini namoyon etish, eksport salohiyatini oshirish hamda mahalliy korxonalarning Yevropa bozoridagi mavqeini mustahkamlash.
Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun xalqaro xaridorlar bilan muzokaralar olib borish, yangi biznes hamkorlarni jalb etish, uzoq muddatli sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va eksport shartnomalarini tuzish uchun muhim maydon hisoblanadi.
“Made in Uzbekistan” brendini xalqaro miqyosda ilgari surish, milliy mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish hamda mamlakatimiz eksport geografiyasini kengaytirish Agentlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridandir.






