Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi savdo attashesi Rahmatollah Xormali bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
2026-10-16 14:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi savdo attashesi Rahmatollah Xormali bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, yengil sanoat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarining Eron bozoriga eksportini kengaytirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda ikki mamlakat korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston yengil sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyati, mavjud sanoat imkoniyatlari hamda xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish, yangi savdo sherikliklarini yo‘lga qo‘yish, investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish hamda qo‘shma ishlab chiqarish tashabbuslarini ilgari surish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Eronning mavjud sanoat va eksport salohiyatidan samarali foydalanish, o‘zaro savdo aloqalarini diversifikatsiya qilish hamda yengil sanoat sohasida uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada mustahkamlash, manfaatdor korxonalar o‘rtasida amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar.




