HEIMTEXTIL UZBEKISTAN — YANGI BOZORLAR, YANGI HAMKORLIKLAR, YANGI IMKONIYATLAR!
2026-10-07 18:10:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 12–14-oktabr kunlari Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan “Heimtextil Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.
Ko‘rgazma “Texworld Tashkent” va “Apparel Sourcing Tashkent” xalqaro ko‘rgazmalari bilan birgalikda tashkil etilishi yengil sanoat vakillari uchun yagona maydonda keng ko‘lamli biznes imkoniyatlarini yaratadi.
Agentlik ushbu nufuzli xalqaro ko‘rgazmani tashkil etishda faol ishtirok etib, soha korxonalarining yangi bozorlarga chiqishi, xalqaro xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishi va eksport salohiyatini kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
“Heimtextil Uzbekistan” — bu shunchaki ko‘rgazma emas. Bu — O‘zbekiston yengil sanoatini xalqaro biznes hamjamiyati bilan bog‘laydigan, yangi eksport shartnomalari, investitsiyalar va uzoq muddatli hamkorliklar uchun xizmat qiladigan strategik platforma.
Ko‘rgazmalar doirasida milliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarda ilgari surish, xorijiy yirik savdo kompaniyalari, importchilar, sorsing kompaniyalari va brendlar vakillari bilan B2B uchrashuvlarni tashkil etish vazifalari ham belgilangan.
Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi barcha tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar, eksportyorlar, investorlar hamda ko‘rgazma ishtirokchilari bilan ochiq va manfaatli hamkorlikka tayyor.
Bizning maqsadimiz — tadbirni o‘tkazish bilangina cheklanmaydi. Maqsad — har bir uchrashuvni hamkorlikka, har bir muzokarani kelishuvga, har bir yangi aloqani esa O‘zbekiston yengil sanoati uchun yangi bozorga aylantirishdir.
Heimtextil Uzbekistan — O‘zbekiston yengil sanoatining global bozorga ochilgan yangi biznes maydoni!
12–14-oktabr, 2026-yil
Toshkent shahri
Ro'yxatdan o'tishga shoshiling!
https://expodat.uz/onlinereg/uz-heimtextil?lang=uz
