O‘zbekiston–Afg‘oniston: B2B va G2B uchrashuvlari davom etmoqda
2026-09-15 16:10:00 / Yangiliklar

2026 yilning 15-17- sentabr kunlari “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston–Afg‘oniston yengil sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi doirasida B2B va G2B formatidagi uchrashuvlar faol davom etmoqda.
Muzokaralarda ikki mamlakatning ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalari, ishbilarmon doiralari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etib, o‘zaro savdo hajmini oshirish, yangi eksport yo‘nalishlarini shakllantirish va ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda.
Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston yengil sanoati mahsulotlarini Afg‘oniston bozoriga kengroq olib kirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish va istiqbolli hamkorlik loyihalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
B2B va G2B muloqotlari — ko‘rgazmani amaliy kelishuvlar va uzoq muddatli hamkorlikka aylantiruvchi muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.









