Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani hududdagi ishlab chiqarish salohiyati hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
2026-09-11 21:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Namangan viloyatiga xizmat safari davomida Yangiqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, hududdagi ishlab chiqarish salohiyati hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni o‘rgandi.
Xususan, “Miranza Home Textile” korxonasining faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ma’lumot uchun, korxona faoliyati to‘liq qayta tiklangan bo‘lib, asosiy ishlab chiqarish yo‘nalishi matolarni bo‘yashdan iborat. Shuningdek, bo‘yalgan matolardan sochiq mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Tashrif davomida Qutlug‘tol va Obod mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham bo‘lib, hududlarda aholi bandligini ta’minlash, xonadonlar daromadini oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Safar davomida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.

