Chust tumanida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
2026-09-11 17:30:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Namangan viloyatiga xizmat safari doirasida Chust tumanida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xizmat safari davomida Og‘asaroy, Ko‘ktosh, Yangi chek va Pilol MFY hududlarida aholining bandligini ta’minlash, xonadonlar daromadlarini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, aholiga kompleks xizmat ko‘rsatuvchi “Qo‘shtepa Fayz tomorqa xizmati” MCHJ negizida tashkil etilgan tomorqa xizmati klasteri faoliyati bilan tanishildi. Klaster faoliyati orqali aholiga tomorqalardan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar yakunida aholi bandligini ta’minlash, yangi daromad manbalarini yaratish va oilalar farovonligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

