Namangan yengil sanoatining ishlab chiqarish salohiyati o‘rganildi
2026-09-10 20:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Namangan viloyatiga xizmat safari davomida hududdagi yengil sanoat korxonalarining faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif doirasida Uychi tumanidagi “Samo Tikuv Servis” MChJ, “Mega Tekstil” MChJ hamda Davlatobod tumanidagi “TUBO SPINNING” MChJ korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi.
Shuningdek, Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Mustang Tekstil” MChJ va “Asror Tekstil” MChJ (“D.Maretti” brendi), Davlatobod tumanidagi kostyum-shim ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Ideal Tekstil” MChJ faoliyati bilan tanishildi.
O‘rganishlar davomida korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot turlari, eksport salohiyati, mavjud imkoniyatlari hamda rivojlanish istiqbollari tahlil qilindi.
Shu bilan birga, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif yakunida korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hamda aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

