Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifati yangi bosqichda
2026-07-31 12:10:00 / Yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini yanada oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan call-markaz va ishonch telefoni faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan videorolik tayyorlandi.
Videorolikda Agentlikda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish, ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, mas'ul xodimlarning murojaatlar bilan ishlash madaniyatini oshirish hamda call-markaz faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan.
Prezident Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta'minlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish Agentlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
✅ Har bir murojaat – mas'uliyat, har bir murojaat – e'tibor va amaliy yechim demakdir.
