Agentlik direktori Xitoyning yirik sanoat kompaniyasi “Xinjiang Lihua Group” delegatsiyasini qabul qildi.
2025-12-05 10:55:00 / Yangiliklar
2025-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Qosimovich Xitoyning yirik sanoat korporatsiyasi — “Xinjiang Lihua Group” delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar to‘qimachilik sanoatida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
“Xinjiang Lihua Group” — urug‘ seleksiyasi, paxta yetishtirish, qayta ishlash, ip-kalava, mato va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, yillik aylanmasi 2,8 milliard dollar bo‘lgan yirik kompaniya hisoblanadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.





