Prezident qarori bilan Daliyev Shohrux Xojakbarovich oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
2024-04-04 11:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Sh.Daliyev 1985-yilda tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi, fizika-matematika fanlari doktori (DSc), professor.

U 2012–2017-yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalarini tashkiliy-metodik taʼminlash bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi, 2017-2024-yillarda Vazirlar Mahkamasining taʼlim va ilm-fan masalalariga masʼul departament va kotibiyatlarida oʻrta maxsus, professional taʼlim, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda oliy taʼlim ilm-fanini rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis lavozimlarida faoliyat yuritgan.
