Davlat tilida ish yuritishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
2024-03-29 15:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonov hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi rahbari Inomjon Azizov mamlakatimizda davlat tiliga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor, Prezident va hukumat tomonidan qabul qilingan qonun, qaror, farmon va farmoyishlarning ahamiyatiga toʻxtalib, bu borada olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va tizim tashkilotlarida, oliy va professional taʼlim muassasalarida ish yuritish toʻligʻicha davlat tilida, lotin yozuvchiga asoslangan oʻzbek alifbosida olib borilmoqda. Bu boradagi amalga oshirilgan ishlar yuqori baholanib, vazirlik 2023-yilda Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil qilingan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” respublika tanlovining “Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” yoʻnalishi boʻyicha faxrli 1-oʻringa sazovor deb topilgan.




