O‘quv seminar bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlaydi
2024-11-22 10:50:00 / Vazirlik yangiliklari
Tadbir orqali ishtirokchilarining kelgusida talaba-yoshlar uchun giyohvandlik bilan bog‘liq yangi tahdidlarni oldini olish, barcha hamkor tashkilotlar bilan birga tizimli profilaktik tadbirlarni o‘tkazish choralarini ko‘rish bo‘yicha malakalarini oshirish, ular bilan tajriba almashish hamda zarur tavsiya va ma’lumotlarni ulashish maqsad qilingan.
Seminar davomida respublikada kuzatilgan narkomaniyaning so‘ngi tendensiyalari, shuningdek sohani takomillashtirishda ko‘rilayotgan choralar, giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruzalar qilinib, yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari o‘rtasidagi hamkorlik, narkotik moddalarni internet tarmoqlarida tarqalishini oldini olish va aniqlash, giyohvandlik va narkojinoyatlarni erta aniqlashda profilaktika inspektorlarining roli borasida ilmiy-tahliliy tavsiyalar berilmoqda.