FarDU rektori Vengriyada “fan doktori” bo‘ldi
2023-09-06 11:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Xususan, joriy yilning 4-sentyabr kuni Vengriyaning Qishloq xo'jaligi va hayotiy fanlar universitetida Vengriya Madaniyat va innovatsiya vaziri Janos Csak, ushbu universitet prezidenti Sándor Csányi, shuningdek, bir qator yuqori tashkilotlar vakillari ishtirokida yangi o‘quv yilining xalqaro tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Quvonarlisi shuki, ayni kunlarda Vengriyada bo’lib turgan rektor Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi Farg'ona davlat universiteti delegatsiyasi ham ushbu marosimda qatnashdilar.
Forum doirasida venger-o‘zbek xalqaro aloqalarini mustahkamlash, oliy taʼlim tizimidagi aloqalar, xususan, Fargʻona davlat universiteti va MATE oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun universitet rektori, pedagogika fanlari doktori professor – Bahodirjon Shermuhammadovga Vengriya qishloq xo'jaligi va tabiiy fanlari universiteti Senati tomonidan “faxriy doktor” unvoni berildi.
Ma'lumot uchun, joriy yilning avgust oyida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti rektori Dr. Chaba Dyuritsaga FarDUning "faxriy doktori" unvoni berilgan.
Vengriya - Gödöllo, 2023-yil
