Ozarbayjon bilan oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
2024-11-04 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Unda O‘zbekiston tomonidan vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi vazirlik hamda oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari muloqot olib bordi.
Uchrashuvda dastlab ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi tashriflari natijasida oliy ta’lim sohasida o‘zaro aloqalar keyingi bosqichga chiqayotgani ta’kidlandi.
Muloqot davomida shuningdek, oziq-ovqat va elektrotexnika muhandisligi, dizayn va biznesni boshqarish yo‘nalishlarida ikki tomonlama diplom dasturini ishga tushirish, uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari va ustuvor yo‘nalishlarini chuqur o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, davlatlararo ilmiy ekspertlar Kengashini tuzish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha amaliy ishlarga kirishish, istiqbolli rejalar yo‘l xaritalarini belgilab olishga kelishib olindi.