Xalqaro hamkorlik
2024-10-23 14:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Muloqot davomida tomonlar ikki tomonlama aloqalarning rivojlanib borayotganligi, jumladan rektorlar forumlarining doimiy ravishda tashkil etilayotganligi, OTMlar o‘rtasida yaxshi aloqalar yo‘lga qo‘yilganligini bildirib o‘tishdi.
Shundan so‘ng, ikki tomonlama hamkorlik asosida universitetlararo aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyiha va ta’lim dasturlari hamda Vengriya hukumatining ta’lim grantlaridan samarali foydalanish hamda ular haqida talabalar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish borasidagi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘ngida vengriyalik yuqori martabali mehmon O‘zbekiston bilan hamkorlikda amalga oshirish uchun imkoniyatlar ko‘lamini yuqori baholadi va muhokama etilgan yo‘nalishlarda hamkorlikda ishlash bo‘yicha vazirlikka ko‘makdosh bo‘lishga tayyorligini bildirib o‘tdi.