Asosiy kontentga o'tish

Nukusdagi “Jaslar texnoparki”da Yoshlar akademiyasining navbatdagi assambleyasi oʻtkazildi

2024-10-12 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan “Jaslar texnoparki”da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari O.Mahkamov boshchiligida boʻlib oʻtgan assambleyada Yoshlar akademiyasi liderlari hamda aʼzolari ishtirok etdi.

Yoshlar akademiyasi assambleyasida liderlarning faoliyat natijalari haqida soʻz bordi, uchrashuv ishtirokchilaridan tushgan takliflar tinglandi. Ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, kreativ tadbirkorlikni ilgari surish, Yoshlar akademiyasining istiqboldagi rejalari hamda dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ochiq muhokama boʻlib oʻtdi. 

Shuningdek, Yoshlar akademiyasining navbatdagi assambleyasigacha ustuvor vazifalar belgilandi. 

Assambleya yakunida qoraqalpogʻistonlik bir qator iqtidorli yoshlarga “Yoshlar akademiyasi aʼzosi” belgisi topshirildi. 

297

Oxirgi yangilanish: 2024-10-12 13:22:28