Ipak yo‘li: turizm prizmasi orqali hamkorlik
2024-10-10 14:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Konferensiyani kirish so‘zida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov so‘zga chiqib, konferensiya ishtirokchilariga tabrik so‘zini yo‘lladi.
“...oliygohlar professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va iqtidorli talabalari tomonidan turizm sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 14 ta ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayotganligi, bugungi kunda ilmiy turizmni rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganligi hamda turizmning bu yangi yo‘nalishi ham sohani, ham ilm-fanni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shadi” - deya ta’kidladi vazir o‘z nutqida.
Tadbir yakunida vazir Q.Sharipovga Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faxriy professori unvoni topshirildi.
Ta’kidlash joizki, yurtimizdagi 11 ta oliy ta’lim muassasasi 30 ta tumanga biriktirilgan bo‘lib, bu orqali sohadagi ilmiy yondashuvni oshirish, nazariya bilan amaliyotni integratsiyasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.