Professional ta’limda dual ta’limni rivojlantirish va ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha Germaniya investitsiyasi va grant loyihalarini jalb qilish masalasi muhokama qilindi
2024-09-25 21:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 24-sentyabr kuni ilgari surilgan professional ta’limda xalqaro ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash, dual ta’limni rivojlantirish va ta’lim sifatini ta’minlash masalalari Germaniya Federativ Respublikasi vakillari tomonidan qo‘llab quvvatlandi.
Shuningdek, professional ta’limda mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, investitsiya kiritish, grant loyihalarni jalb qilish bo‘yicha kelishib olindi.
Xususan, KfW taraqqiyot banki tomonidan sohani rivojlantirishga qaratilgan imtiyozli kreditlar va grant mablag‘lari ajratish taklifi bildirdi. Bundan tashqari, professional ta’limda nemis standartlarini joriy etish taklifi berildi.