Vazir Andijonda dual ta’lim asosida amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan uchrashdi
2026-09-22 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari hamda gidroenergetika yo‘nalishidagi loyihalarga ixtisoslashgan korxonaga tashrif davomida vazir dual ta’lim asosida amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan uchrashib, ularning ish jarayonidagi faoliyati bilan qiziqdi.
Xususan, korxonada tarjimonlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan Andijon davlat chet tillari instituti talabalari bilan suhbatlashdi. Muloqot davomida talabalarning ta’lim jarayonida olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashi, kasbiy tajriba orttirishi hamda korxona faoliyatiga moslashishi yuzasidan fikr almashildi.
Dual ta’lim doirasidagi bunday amaliyot talabalarga nazariy bilimlarini real ish muhitida mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.





