Professional ta’lim bo‘yicha 22 nafar rahbar va pedagog kadrlar Belarus Respublikasida malaka oshirishmoqda
2024-08-14 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Xizmat safari davomida tinglovchilar 8 moduldan iborat 36 soatli malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqdalar.
Shuningdek, Belarus Respublikasi ta’lim vazirligi huzuridagi Professional ta’lim respublika instituti, «EkoTexnoPark – Volma» kompetensiya markazi, Industrial-pedagogika kollejining kompetensiya markazi va boshqa kollejlarga tashrif buyurib, ta’lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha Belarus tajribalari bilan yaqindan tanishadilar.
Tinglovchilar:
Belarus Respublikasi professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash bo‘yicha erishilgan ijobiy natijalar;
Belarus Respublikasi professional ta’lim tizimining yuqori sifatli ta’lim resurslari;
Kompetensiya markazlarini tashkil etish va rivojlantirishni rejalashtirish tajribalari;
Kompetensiya markazlarining moddiy-texnika bazasini shakllantirish;
Kompetensiya markazlari uchun tegishli jihozlar xarid qilish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish;
Malakali kadrlarni tayyorlashda ta’lim dasturlarini amalga oshirishning tarmoq shakli;
Zamonaviy jihozlardan foydalangan xolda amaliy o‘qitish mazmunini loyihalashtirish;
Kompetensiya markazlarida kattalar uchun qo‘shimcha ta’lim dasturlarini tashkil etish va amalga oshirish metodikalarining o‘ziga xos jihatlari masalalari bo‘yicha malakalarini oshiradilar.








