“INNO” texnoparki — innovatsion g‘oyalar va startaplar markaziga aylanmoqda
2026-07-02 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari

1–3-iyul kunlari Toshkent shahridagi “INNO” innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida “Kelajak muhandislari” yozgi oromgohi tashkil etildi.
Oromgohning tantanali ochilish marosimi doirasida: “Kelajak muhandislari” Respublika tanlovining startap akseleratsiya bosqichiga tantanali start berildi.
Shundan so‘ng vazir 180 nafar iqtidorli yoshlar, akseleratsiya qatnashchilari, davlatimiz rahbari tomonidan taqdirlangan faollar bilan muloqot o‘tkazdi.
Tadbir davomida yoshlarning innovatsion faoliyatdagi yutuqlari e’tirof etilib, ularga maxsus vaucher va yo‘llanmalar topshirildi.
Jumladan:
Biloliddin Ismailovga 120 million so‘mlik pul mukofoti uchun vaucher;
Diyora Kurmayevaga Future 100 stajirovka dasturiga yo‘llanma;
No‘monjon Ibroximovga AQSHning Silicon Valley innovatsion ekotizimida stajirovka o‘tash yo‘llanmasi;
Ayzada Asanovaga Belgiyada o‘tkaziladigan Shell Eco-marathon xalqaro musobaqasida ishtirok etish yo‘llanmasi taqdim etildi.
Mazkur uchrashuv mamlakatimizda yoshlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion ekotizimni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.









