Misr Arab Respublikasi delegatsiyasi bilan muzokaralar olib borildi
2024-06-03 22:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Vazir o'rinbosari Oʻzbekiston taʼlim va ilm-fan sohasining investitsion jozibadorligi toʻgʻrisida mehmonlarga maʼlumotlar berdi. Tomonlar oliy va professonar taʼlim tashkilotlariga hamda ilmiy loyihalarga investitsiya kiritish istiqbollarini muhokama qildilar.
Xususan, Misr delegatsiyasi a’zosi, Misr Arab Respublikasi Senatining xalqaro munosabatlar, tashqi ishlar, immigratsiya qoʻmitasi a’zosi, senator janob Hany Neamatalla respublikamizning tibiyot oliygohlari bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, jarrohlik, farmasevtika sohalariga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida almashinuvlarni yanada jadallashtirishni taklif qildi.
Xorij delegatsiyasining yana bir a’zosi, Misr Arab Respublikasi Senati a’zosi, Misrning Qishloq xoʻjaligi ekinlari boʻyicha xalqaro kompaniya raisi janob Abdelsalam El-Gabaliy O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy markazlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi.
Misr delegatsiyasi bilan o‘zaro manfaatli sohalarda kelgusidagi hamkorlikni kengaytirish uchun ikki tomondan mas’ullar belgilab olindi.