O‘zbekiston OTMlari Malayziyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi
2024-05-18 15:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning 17-19-may kunlari mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston-Malayziya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda respublika oliy ta’lim muassasalari Malayziyaning nufuzli universitetlari bilan 10 ta hamkorlik hujjatlarini imzoladilar.
Mazkur imzolangan hujjatlar universitetlararo ilmiy hamkorlik, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi kabi yo’nalishlarda aloqalar o’rnatishni nazarda tutadi.
Shuningdek, 2024–2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavr va magistratura talabalari uchun iqtisodiyot, biznes analitika, turizm, axborot texnologiyalari, kiber xavfsizlik va sun’iy intellekt, HR menejment yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.