Nufuzli xorijiy universitetlar tajribasi asosida inklyuziv ta’lim rivojlantiriladi
2024-04-25 15:05:00 / Vazirlik yangiliklari
25-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov AQShning Sirakuz universiteti professori, taniqli huquqshunos olim Maykl Shvarsni qabul qildi.
Tomonlar respublikamizning oliy va professional ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Unda professorning boy xalqaro tajribasiga tayangan holda nogironligi bo‘lgan shaxslarning alohida ehtiyojlarini inobatga olib, ta’lim muassasalarida inklyuziv sharoitlarni rivojlantirish va bu borada hamkorlik qilishga kelishildi.
Ma’lumot uchun: Sirakuz universiteti 1870-yilda tashkil etilgan va o‘n uchta maktab va kollejni o‘z ichiga olgan xususiy tadqiqot univetsitetidir. Professor M.Shvars xalqaro huquq sohasida taniqli olim hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatuvchi yuridik klinika rahbari sifatida faoliyat yuritadi.