30 ta tumanda oliygohlar turizm salohiyatini oshirishda an’anaviy festivallar o‘tkazadi
2024-04-19 17:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Bir yil muqaddam – 2023 yilning 29-mart kuni Prezidentimiz turizm salohiyatini rivojlantirish yuzasidan o‘tkazgan videoselektorda respublikada turizmni rivojlantirish va xorijiy sayyohlarning O‘zbekistonda bir kun ko‘proq qolishi bo‘yicha bir qator topshiriqlar bergan edilar.
Ushu topshiriqlar oliy ta’lim muassasalariga ham bevosita yuklangan.
O‘tgan davrda 11 ta oliygoh biriktirilgan 30 ta tuman tarixi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari asosida 76 ta turpaket ishlab chiqildi.
Turli tillarda tuman, shaharlar turizm salohiyati, hudud va uning tarixi to‘g‘risida jami 1 319 ta kontent, jumladan, 457 ta axborot, 288 ta video hamda 574 ta foto kontentlari xorijiy tillarda yaratildi.
Hozirgi kunga qadar 7 596 nafar xorijiy va 126 571 nafar mahalliy turistlar jalb qilindi.
Bundan tashqari, barcha oliy ta’lim muassasalari tomonidan joriy yil yanvar-mart oylarida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida 114 547 nafar talaba va 12 858 nafar professor-o‘qituvchilar yurtimiz bo‘ylab sayohati amalga oshirildi.
Shuningdek, turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya va festivallar o‘tkazish reja qilib olingan.
Jumladan, joriy yilning 17–18-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida “Madaniy xabardorlikni oshirish va ekologik barqaror turizmni rviojlantirish” xalqaro konferensiyasi, “Mizdakxon”-muqaddas va sirli maskan” nomli festival, 2–6-may kunlari Surxondaryo viloyati Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan sun’iy intellekt yordamida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi qadimgi Mizdakxon yodgorligi tarixi haqida ingliz, fransuz nemis tillarida videolavha tayyorlandi. Vazir Q.Sharipov tumanlardagi o‘ziga hos obyektlar bo‘yicha mana shunday sun’iy intellekt yordamida videolavhalar tayyorlash zarurligi ta’kidlab o‘tdi.
Bundan tashqari har oyda biriktirilgan tumanlarda ilmiy konferensiya va forumlar, etno-festivallar tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.