Asosiy kontentga o'tish

Agentlik haqida

Agentlik haqida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-son «Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tashkil etilgan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi o‘z faoliyatida quyidagilarga amal qiladi:

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi o‘z faoliyatini bevosita, shuningdek hududiy organlar va uning idoraviy mansub tuzilmalari, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi

988

Oxirgi yangilanish: 2024-02-20 16:30:39