Asosiy kontentga o'tish

“WikiOromgoh” loyihasining 4-mavsumi bo’lib o’tdi

2024-03-09 20:55:00 / Yangiliklar

WIKIOROMGOH IV

“WikiOromgoh IV” tadbiri “WikiStipendiya” marafoni doirasida 2024-yilning 4-martidan 9-martiga qadar Bo‘stonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida tashkil etildi.

Mazkur oromgohni tashkil etishdan asosiy maqsad shu yilning may oyidan start oluvchi “WikiStipendiya” marafonining uchinchi mavsumi oldidan Respublika miqyosidagi oliygohlarni qamrab olish, har bir oliy o‘quv yurtida mazkur marafon va uning qoidalaridan boxabar yoshlar bo‘lishiga erishish, shuningdek, uchinchi mavsum jamoaviy usulda tashkil etilishini inobatga olgan holda, bo‘lajak jamoa sardorlari tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi.

Toʻrtinchi marotaba oʻtkazilayotgan “WikiOromgoh”da ishtirok etuvchilarni saralash boshqa “WikiOromgoh”dagi saralashdan tubdan farq qildi. Ishtirok etadiganlarning barchasi talaba boʻlishi majburiy qilib belgilandi, yaʼni boshqa oromgohlar singari maktab, kollej, litsey oʻquvchilari oromgohga qabul qilinmadi. Oromgoh boshlanishi oldidan Respublikimizdagi barcha OTM mutassadi hodimlari bilan bogʻlanib, ularning taʼlim dargohida oʻzining yetakchilik qobiliyati bilan ajralib turgan, kompyuter savodxonligiga ega talabalardan nomzodlar roʻyhati tuzildi va ular wikioromgohning IV mavsumi ishtirokchisiga aylanishdi.

Oromgohga Respublika miqyosida 130ga yaqin oliygohlardan jami 165 nafar ishtirokchi jalb etildi. Shulardan 140 nafari (85 foizi)ni WikiStipendiya loyihasi, umuman, O‘zbekcha vikipediya bilan tanish bo‘lmagan yoshlar tashkil etidi.

Olti kun davom etgan oromgohdan yoshlar tajribali vikipediya administratorlaridan mahorat darslari olish bilan bir qatorda, o‘zlarining ilk maqolalarini yaratishdi.

Oromgoh yakuniga ko‘ra o‘zbekcha vikipediya 8 626 yangi maqola bilan boyida, shulardan 8 103tasi (94 fozi) aynan oromgoh ishtirokchilari tomonidan yaratildi.

Umumiy tahrirlar soni 50 000 tadan oshdi.

Mazkur oromgohning avvalgi oromgohlardan yana bir farqli jihati shundaki, avvallari oromgohlar mobaynida koʻplab maqolalar yaratilganligi sababli oʻzbekcha Vikipediya  teranligi pasayib ketar edi. WikiOromgohning 4-mavsumida oʻzbekcha Vikipediya teranligi 32,1 koʻrsatkichigacha koʻtarildi. Oromgoh boshlanishidan oldin bu koʻrsatkich 32,05 ni tashkil qilar edi. Ya’ni, birinchi marta oromgohda kiritilgan maqolar o‘zbekcha vikipediyaning teranligi tushishiga sabab bo‘lmadi, balki yakunda teranlik oshishiga erishildi.

Oromgoh davomida vikipediyaga yangi kirib kelgan foydalanuvchilar ko‘pligiga qaramasdan bigorafik, tarixiy, texnikaga oid, geografiya, sport, psixologiya, antropologiya, arxitektura, shaharsozlik, tibbiyot va boshqa mavzulardagi salmoqli maqolalar ham yaratildi. Xususan, quyida oromgoh ishtirokchilari tomonidan yaratilgan va administratorlar tomonidan yuqori baholangan maqolalar bilan tanishishingiz mumkin:

 

Albert ko‘prigi (Rabig‘a Shabatova)

https://uz.wikipedia.org/wiki/Albert_ko%CA%BBprigi#Manbalar

 

Mark Shagal (Ahror Akromovich)

https://uz.wikipedia.org/wiki/Mark_Shagal

 

Titanium (Devona Jovliyev)

https://uz.wikipedia.org/wiki/Titanium

 

Gastings jangi (Mirishkorlik)

https://uz.wikipedia.org/wiki/Gastings_jangi

 

Halim To‘rayev (Umid Baqoyev) mustaqil yaratilgan

https://uz.wikipedia.org/wiki/Halim_To%CA%BBrayev

 

Apple Vision Pro (Ergashev1517)

https://uz.wikipedia.org/wiki/Apple_Vision_Pro

 

Qizil dengiz inqirozi (Xoqoni Said)

https://uz.wikipedia.org/wiki/Qizil_dengiz_inqirozi

 

Manchester mumiyosi (Xoqoni Said) 6 tilda status olgan maqola

https://uz.wikipedia.org/wiki/Manchester_mumiyosi

 

YEVRO-2020 finali (Murotov Alpomish)

https://uz.wikipedia.org/wiki/Yevro-2020_finali

 

Albertozavr (Jovliyeva Madina) 6 tilda status olgan maqola

https://uz.wikipedia.org/wiki/Albertozavr

 

Metropolitan transport boshqarmasi (LilyJames30)

https://uz.wikipedia.org/wiki/Stroop_effekti

 

Doktor Adams (Kenjayeva Sarvinoz)

https://uz.wikipedia.org/wiki/Doktor_Adams

 

1956-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari (Sitora Oblaqulova)

https://uz.wikipedia.org/wiki/1956-yilgi_Qishki_Olimpiya_o%CA%BByinlari

 

Oromgoh ishtirokchilari uchun bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida muntazam madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, “WikiQuiz” intellektual tanlovi, taniqli xonanda Shuhrat Daryo ishtirokida qo‘shiq kechasi, kibersport musobaqasi, qorbobo yasash tanlovi.

Taqdirlash marosimida eng faol guruh (1-guruh, administrator – Azizjon Sharipov) bilan bir qatorda yangi foydalanuvchilar qatoridan bir nafar (G‘ayrat Usmonov – 202ta maqola) va tajribali foydalanuvchilar orasidan bir nafar (Visola Tangirova – 705ta maqola) eng ko‘p maqola kiritgan ishtirokchilar “WikiOromgoh” statuetkalari bilan taqdirlanishdi.

Oromgoh ishtirokchilari o‘z oliy o‘quv yurtlariga qaytib oromgohda o‘zlashtirgan bilimlarini oliygohdagi do‘stlari bilan bo‘lishishlari, may oyida boshlanuvchi “WikiStipendiya” marafoni uchinchi mavsumida ishtirok etish uchun jamoa shakllantirishlari nazarda tutilgan. Mazkur maqsad amalga oshishi yuzasida WikiStipendiya tashkiliy jamoasi va administratorlar ishtirokchilar bilan doimiy aloqada bo‘lishadi.

1054

Oxirgi yangilanish: 2024-03-09 21:05:24

“WikiOromgoh” loyihasining 4-mavsumi bo’lib o’tdi