“UzChess Cup 2025” turniriga start berildi!
2025-06-19 19:30:00 / Yangiliklar
“UzChess Cup 2025” xalqaro shaxmat musobaqasi

Bugun poytaxtimizda umumiy mukofot jamg‘armasi 121 500 AQSH dollarini tashkil etgan “UzChess Cup 2025” xalqaro shaxmat musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ikkinchi bor o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqada dunyoning 15 mamlakatidan jami 170 nafarga yaqin shaxmatchilar ishtirok etishmoqda.
Turnirda mamlakatimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov, Muhammadzohid Suyarov, Gulruhbegim Tohirjonova, Abdumalik Abdusalimov, Ortiq Nig‘matov, Xumoyun Bekmuratov, Saidakbar Saydaliyev kabi iqtidorli shaxmatchilarimiz himoya qilishmoqda.









