O'zbekiston o'quv markazlari forumi
2024-12-14 / Voqealar taqvimi
Forum haqida
O‘zbekiston o‘quv markazlari forumi - O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2024-yilning 14-15-dekabr kunlari poytaxtimizda joylashgan Yoshlar ijod saroyida ilk bora tashkil etilmoqda.
Forum vazifasi
O‘zbekiston o‘quv markazlari forumi - O‘zbekistonlik yoshlarini kamida 2 ta xorijiy tillarni va 1 ta zamonaviy kasblarni mutaxassisi bo‘lishi uchun imkoniyat yaratish.
Forum maqsadi
O‘zbekiston o‘quv markazlari forumi - mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan eng ilg‘or o‘quv markazlari, soha vakillari hamda xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasblarni egallashni niyat qilgan yoshlarni bir yerda yagona maqsad atrofida birlashtiradi.
Forum kimlar uchun?
O‘quv markazlari
Forumimizdagi 2 - zalda barcha o'quv markaz rahbarlari va menejerlari uchun mahorat darslari, talaba jalb qilish va ularni saqlab qolish usullari, moliya, markеting, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, MCHJini yuritish, soliqlar va moliyaviy muammolarni yechish bo‘yicha bilimlar.
Kelajak kasblari va xorijiy tillarga qiziquvchi yoshlar
-
Forumimizdagi 3 - zalda Yoshlar ishlari agentligi loyihalari rahbarlari hamda mamlakatimizdagi eng ilg‘or innovatsion texnologiyalarni qo‘llovchi o‘quv markazlari rahbarlari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar; qiziqarli viktorinalarda ishtirok etish;
-
o‘quv markazlarida bepul tahsil olish uchun imtiyozli vaucherlarni qo‘lga kiritish imkoniyati; xorijiy tillarni oson o‘rganish sirlari; “kelajak kasbi qaysi?”, savoliga oddiy javoblar.
Hamkor bo'lsangiz, sizni nimalar kutyabdi…
-
Asosiy (700 kishilik) zalda o‘quv markazi taqdimotini namoyish qilish va rejalarini e’lon qilish (15 daqiqa);
-
Forum o'tayotgan majmuaga o'quv markazining ko'rgazmasini taqdim etish;
-
Reklama bannerlari, Toshkent shahrining barcha LED ekranlarda markaz logosi, telekanal efirlarida va ijtimoiy tarmoqlarda chiqish;
-
“Networking Vip Zone” va "Coffee break"da ishtirok;
-
Forum rasmiy veb-sahifasida chiqish;
-
Soha vakillari bilan Business dinner;
-
Yoshlar ishlari agentligi loyihalarining rahbarlari bilan o‘zaro suhbatlar va hamkorlik masalalari.
O'quv markazlari uchun
-
Forum ishtirokchisiga aylanish;
-
Asosiy konferensiya sessiyalariga kirish;
-
Tizimlashgan va rivojlangan o‘quv markazlari o‘rtasidagi davra suhbatlari;
-
Hukumatimizning ilg'or rahbarlari bilan ochiq muloqotlarda ishtirok etish;
-
Moliya, marketing, xizmat ko'rsatish sifatini oshirish masalalarida mahorat darslari;
-
O'quv markazlari menejerlari uchun mahorat darslari;
-
Undan tashqari MCHJ ni yuritish, soliqlar va moliyaviy keyslarni yechish bo'yicha bilimlar;
-
Belgilangan sessiyalar va muloqotlarda ishtirok etish.
Kelajak kasblari va xorijiy tillarga qiziquvchi yoshlar uchun
-
Forum ishtirokchisiga aylanish;
-
O'quv markazlarida bepul ta'lim olish uchun imtiyozli vaucherlarni qo'lga kiritish imkoniyatlari;
-
Yoshlar ishlari agentligi loyiha rahbarlari: "Ibrat Farzandlari", "Ustoz AI", "Mutolaa", "Top100UNI" va "MPMG" loyiha rahbarlari bilan ochiq muloqotlar;
-
Asosiy konferensiya sessiyalariga kirish;
-
Tizimlashgan va rivojlangan o‘quv markazlari rahbarlari bilan uchrashuvlar;
-
Xorijiy tillarni oson o'rganish sirlarini haqida mahorat darslarida ishtirok etish;
-
Qiziqarli viktorinalarda ishtirok etish;
-
Belgilangan sessiyalar va muloqotlarda ishtirok etish.