Zaxira kadrlar safi kengaymoqda.
2024-07-20 20:00:00 / Yangiliklar

Zaxira kadrlar safi kengaymoqda.
Kuni kecha, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2023-2024-o’quv yili 2-davra qayta tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.
Bugunga qadar, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida jami 12 ta davra o‘quvlar tashkil etilib, uni 633 nafar tinglovchi muvaffaqiyatli tamomlagan.
“Bitiruvchilarimiz egallagan bilimlari kelajakda yuksak marralarni zabt etishda va mamlakatimizning eng yaxshi zaxira kadrlari bo’lishiga ishonaman,” – dedi Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev.






