Tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan ta’mirlash ishlarini bajarayotgan brigada nisbatan chora ko‘rildi
2025-07-17 16:10:00 / Yangiliklar

Tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan ta’mirlash ishlarini bajarayotgan brigada nisbatan chora ko‘rildi
O‘zenergoinspeksiya Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.
Xususan, Navoiy shahridagi 578-sonli transformator punktida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada ish joyini tayyorlamasdan, himoya vositalari yetarli bo‘lmagan holda xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi hamda xavfsizlik chora-tadbirlari to‘liq bajarilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, uning ijrosi nazoratga olindi.
Ma’lumot o‘rnida: Ta’mirlash ishlarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.
