Aholiga sifatsiz neft mahsulotlari sotgan AYOQShlarga nisbatan chora ko‘rildi
2025-07-16 14:40:00 / Yangiliklar

Aholiga sifatsiz neft mahsulotlari sotgan AYOQShlarga nisbatan chora ko‘rildi
O‘zenergoinspeksiya Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “A. 2001” xususiy korxonasiga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan dizel yoqilg'isidan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Bu kabi holat Surxondaryo viloyatidagi "I. T. B." MCHJga qarashli AYOQShda ham aniqlanib, dizel yoqilg‘isi davlat standart talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu AYOQShlarda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
