Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan nonvoyxona aniqlandi
2025-03-19 16:00:00 / Yangiliklar
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 314,8 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

“Oʻzenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jizzax shahri, "Qaliya" MFYda fuqaro Z. U, ga qarashli nonvoyxona gaz hisoblagichsiz tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 314,8 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
