Elektr qurilmalarida kuchlanishni tekshirmasdan ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigadalar ishdan chetlashtirildi
2025-01-23 12:20:00 / Yangiliklar
“O‘zenergoinspeksiya” Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan brigadalarning inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Nukus shahridagi 538-sonli transformator punktidan chiquvchi havo tarmog‘ini elektr tarmog‘idan ajratmasdan ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada ish jarayoni to‘xtatildi.
Bu kabi holat Xo‘jayli tumanidagi 157-sonli transformator punkitidan chiquvchi 0,4 kV havo tarmog‘ida ulagichlarni yerga ulamasdan binoning temir to‘siqlariga ulangan holatda ta’mirlash ishlarini olib borayotganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan brigadalar ishdan chetlashtirildi hamda xavfsizlik chora-tadbirlari to‘liq bajarilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.
